Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi!
Yozgi mavsumning jazirama issig‘ida odamlar dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga, suv havzalarida cho‘milib, dam olishga ehtiyoj sezadi. Ammo bunday vaqtlarda insonlarning bir umrga nogiron bo‘lib qolishi yoki hayotiga zomin bo‘lishiga olib keladigan suv havzalarida yuz beradigan, ko‘ngilsiz hodisalarga sabab bo‘ladigan holatlarni unutmasligimiz lozim.
Afsuski, muntazam ravishda ogohlantirish va profilaktika tadbirlari olib borilishiga qaramasdan bu kabi salbiy holatlar kundalik hayotimizda uchrab turishi achinarli hol, albatta. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilish zarur:
➖ suv havzalarida taqiqlangan joylarda cho‘milish, notanish joylarda suvga sho‘ng‘ish, cho‘milish vaqtida bolalarni qarovsiz qoldirish, sovuq suvga tasodifan tushgan inson cho‘kib ketishi va bu esa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik lozim;
➖ agar suv havzasining chuqurligi, holati noma’lum bo‘lsa bunday joylarda cho‘milmaslik lozim;
➖ suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki jarohatlangan insonlarni suvga tushishlari qat’iyan taqiqlanadi;
➖ sun’iy suv havzalarida nazoratchilar kelganlarning salomatligi borasidagi ma’lumotnomasiz cho‘milishga ruxsat bermasligi lozim;
➖ tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqidagi ma’lumotnoma 3 kungacha amal qiladi;
➖ sun’iy suzish havzalarida cho‘milishdan oldin suzishga boruvchilar zaruriy ko‘rsatmalarga amal qilishi va albatta maxsus kiyim (rezina shlyapa, cho‘milish kiyimi, rezina oyoq kiyim, ko‘zoynak) lardan foydalanilishi lozim;
➖ bu suvning gigiyenik holatining yomonlashishidan saqlaydi.
Suv havzasiga tushganda quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘ling:
➖ basseynlarning kafellari sirpanchiq bo‘lsa, bu suvning eskirganligidan dalolat, bunday havzalarda suv har uch kunda almashtirilib borilishi lozim.
➖ Ota-onalar o‘z farzandlarini aslo kattalar uchun mo‘ljallangan suv havzalarida cho‘miltirmasligi lozim.
➖ Basseyn suvi 22-23 darajadan oshmasligi lozim.
➖ Sovuq suvda cho‘milish qo‘l va oyoq tomirlarining tortilishiga olib kelishi mumkin.
Unutmang, o‘zingiz va yaqinlaringizning salomatligi o‘z qo‘lingizda!