Viloyat FVB soxta "MChSchilar"dan ogoh bo‘lishga chaqirdi
- 01.04.2022 11:05
- 132
- Samarqand
Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi joylarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zini FVB (“MChS”, “o‘t o‘chiruvchi”) xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan “yillik to‘lov” deb, pul mablag‘larini noqonuniy tarzda undiriyotganini ma’lum qildi.
Ushbu shaxslarning viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) hech qanday aloqasi yo‘qligi, vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovlar undirilmasligi ta’kidlangan.
“Har qanday xizmatni ko‘rsatish uchun oldin fuqaroning roziligi olinishi kerak.
Agar bunday shaxslar xizmat ko‘rsatmasdan majburiy tartibda to‘lov talab qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat eting”, deyilgan boshqarma xabarida.