Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
- 11.07.2025 09:32
- 183
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqarolar N.N. va Sh.M. kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali 80 000 AQSh dollari evaziga Urgut tumanidagi “B.B.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yer maydonini fuqaro A.O.ning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
firibgarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Hammaning rizqi yo‘lda
- Bugun, 11:50
- Mutolaa
BSK: Tadbirkorlik soyasidagi biznes(mi?)
- Bugun, 11:15
- Samarqand