Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
- 04.12.2024 14:55
- 228
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.K.S.” MChJ rahbari A.A. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro M.K.ning ishonchiga kirib, uning “Zarqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
***
Departamentning Urgut tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, oldindan 15 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd qilingan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bank tizimi korrupsiyadan xolimi?
- Kecha, 17:13
- Samarqand
Ozarbayjon NNTlari - Samarqandda
- Kecha, 14:09
- Samarqand