Bizni kuzating

Kadastr xizmatlaridan uyda turib ham foydalanish mumkin

Fuqarolar uchun elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Ya’ni, davlat tashkilotlariga bormasdan ushbu xizmatlardan foydalanish mumkin:

- ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

- kadastr pasportini shakllantirish;

- fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

- bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

- o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

- ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish;

 - kadastr ob’yektiga taqiqni tekshirish;

 - qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

- davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

 - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash;

 - yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish.

Shu va boshqa kadastr xizmatlari haqida Uzdkp.uz rasmiy veb-sayti yoki my.gov.uz portali orqali ma’lumotga ega bo‘lishingiz va ulardan onlayn foydalanishingiz mumkin.