Kadastr xizmati: Samarqand birinchi bor to‘liq 3D formatda modellashtiriladi
“Hududlarni barqaror rivojlantirish uchun fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida amaliy ishlar boshlandi.
Jahon bankining Mohamed Nada rahbarligidagi ekspertlar delegatsiyasi loyiha bo‘yicha ilk missiyasiga kirishdi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida Kadastr agentligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- geofazoviy ob’yektlar haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish va standartlashtirish;
- yagona raqamli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratish;
- geoaxborot va veb-texnologiyalarga asoslangan monitoring tizimini joriy etish.
Dastur doirasida quyidagi amaliy natijalarga erishish rejalashtirilgan:
- Samarqand shahrining 3D modeli yaratish;
- infratuzilma, demografiya, ta’lim va sog‘liqni saqlashga doir fazoviy ma’lumotlarni shakllantirish;
- sun’iy intellekt yordamida fazoviy tahlillar o‘tkazish.
Darvoqe, shu yil 11 noyabr kuni Kadastr agentligida Jahon banki ekspertlari va agentlik rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda 2025 yil 20 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik Forumni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.