Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili rasman joriy etildi
- 01.12.2025 15:35
- 0
- Dolzarb
Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya» panel sessiyasida Google Cloudning hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich ma’lum qildi.
Ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy sun’iy intellekt yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.