Sobiq o‘qituvchining qilmishi fosh bo‘ldi
- 18.06.2025 10:54
- 427
- Jinoyat va jazo

Viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga X.X. ariza bilan murojaat qilib, Samarqand temir yo‘l texnikumida o‘qituvchi lavozimida ishlovchi A.P. texnikumning sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning evaziga 2 million 400 ming so‘m pul talab qilayotganligini bildirdi.
Tezkor tadbirda A.P. X.X.dan kelishilgan summadagi pullarni olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, Qo‘shrabot tumanida yashovchi A.P. joriy yilning aprel oyida Samarqand temir yo‘l texnikumi o‘qituvchiligidan bo‘shatilgan bo‘lib chiqdi.
Zuxriddin SARIEV,
viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi.
Teglar:
firibgarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqand tumanida sportga e’tibor berilyaptimi?
- 1 soat avval
- Sport
Bugundan subsidiyaga ariza berish boshlandi
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Qarz va 100 dollar
- Kecha, 19:48
- Mutolaa
Sudlar faoliyati sarhisob qilindi
- Kecha, 19:19
- Samarqand