Tojikiston Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi delegatsiyasi Samarqandga keldi. O‘simlik zararkunandalari o‘choqlarini aniqlashda qo‘shma tadqiqodlar o‘tkaziladi

Tojikiston Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi delegatsiyasi raisi M. Fayzullozoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida bo‘ldi.

Hamkorlik kelishuviga ko‘ra endilikda o‘simliklar karantini himoyasi, chegarada fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda karantin xizmatlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ikki davlat o‘rtasida Davlat chegarasida fitosanitariya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni tashkil etiladi.

Shuningdek, fitosanitariya talablari buzilishi holatlari sodir etilganda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumotlar taqdim etiladi hamda karantin zararkunandalarining o‘choqlarini aniqlash maqsadida chegara hududlarida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkaziladi.