7-8 sentabr kunlari Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yirik xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
- 04.09.2023 09:18
- 246
- Samarqand

Anjumanda xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlari, ovqatlanish, qayta ishlash va oziq-ovqat sifati, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Konferensiya doirasida Samarqand shahrida O‘zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi
Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan vazir va diplomatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, moliya va ilmiy muassasalar — Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalar ishtirok etadi.
Konferensiyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni taqdim etadi hamda bilim va innovatsion yechimlarni yo‘lga qo‘yish uchun jahon hamjamiyati tajribasiga murojaat qilinadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat