SamDU dunyoning eng nufuzli reytingida zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi
Samarqand davlat universitetida SamDUning QS World University Rankings by Subject reyting agentligining 2026 yilgi natijalariga ko‘ra, zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha 251–300-o‘rinni egallagani munosabati bilan "Lingvo-g‘alaba: xalqaro reytingdagi tarixiy qadam" mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti jamoasining keyingi yillarda ta’lim islohotlari, xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar sohasi hamda xalqaro reytinglarda erishgan yuksak natijalari alohida ta’kidlab o‘tildi.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Jo‘liboy Eltazarovga reytingdagi o‘rinni tasdiqlovchi maxsus guvohnoma topshirildi.
Reytingda o‘rin olishda alohida xizmat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.