Fermerlarning dardi tinglandi

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i D.Achilov Past Darg‘om tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida 20 nafardan ortiq fermer xo‘jaligi rahbari va fuqarolarning yer ajratish, suv ta’minoti, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, kredit va subsidiyalar masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.