Turkiyada inflyasiya rekord yangilashda davom etmoqda
- 04.10.2022 11:47
- 31
- Xorij
Turkiyada sentyabr oyida inflyasiya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yillik 83,45 foizni tashkil etdi. Eng ko‘p transport xizmatlari, shuningdek, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar o‘sdi. Bu haqda Milliy statistika instituti xabar berdi.
Shu bilan birga, ENAGning mustaqil turk ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada inflyasiya o‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan 186,27 foizga tezlashgan.
Turkiya Markaziy banki iste’mol narxlarining oshishi va milliy valyutaning qadrsizlanishiga qaramay, dekabr oyidan beri foiz stavkalarini pasaytirish siyosatini davom ettirmoqda. Yil boshidan buyon lira dollarga nisbatan qiymatining 50 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi.
Bu stavka 12 foizga tushirildi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 10 foizdan past bo‘lishi kerakligini aytgan.
Turkiyada inflyasiya o‘tgan 16 oydan beri tezlashmoqda.