Ukraina-Rossiya: muzokaralarning ikkinchi bosqichi natijalari
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi Belovejskaya Pushchada bo‘lib o‘tdi, uning asosiy mavzusi gumanitar jihat bo‘ldi.
Tomonlar tinch aholini evakuatsiya qilish, o‘ta shiddatli janglar ketayotgan hududlarda evakuatsiya muddati davomida sulh amal qilishi sharti bilan dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib berish uchun gumanitar yo‘laklarni ochish imkoniyatlari haqida kelishib oldilar.
Delegatsiyalar, shuningdek, mojaroni kelajakda siyosiy yo‘l bilan hal qilish masalasini ham muhokama qilishgan, biroq tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Prezident Zelenskiy devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina delegatsiyasi bu safar ham kutilgan natijalarni olmadi.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni shunday javob berdi:
«Menimcha, bu muhim rivoj. Rossiya Federatsiyasi agar jangovar harakatlar davom etsa, ushbu vaziyatga tushib qolgan tinch aholini ushbu gumanitar yo‘laklardan foydalanishga va yana bir bor harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqiradi», dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy.
Muzokaralarning uchinchi raundi kelasi hafta boshida Belarusda ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rossiya tomoni fikricha, delegatsiyalar aynan o‘sha yerda muhim kelishuvlarga erishadi.