Ukrainada yirik lavozim o‘zgarishlari davom etmoqda: Zelenskiy Lugansk, Odessa va Xmelnitskiy viloyatlari rahbarlarini ishdan bo‘shatdi
Ukrainalik jurnalistlar yuqori martabali amaldorlarning ommaviy ishdan bo‘shatilishini korrupsiya gumonlari bilan bog‘lashgan.
Ukraina prezidenti Lugansk viloyati rahbari Sergey Gayday, Xmelnitskiyni boshqarayotgan Sergey Gamaliy va Odessaga rahbarlik qilayotgan Maksim Marchenkoni lavozimidan ozod etdi.
Farmonlar davlat rahbari veb-saytida e’lon qilingan, iste’folar sabablari haqida esa hech qanday ma’lumot berilmagan.
Yanvar oyida ham Ukrainada 6 nafar yuqori martabali amaldor va 5 nafar viloyat rahbari ishdan bo‘shatilgan edi. Xususan, Kiyev (Oleksiy Kuleba), Xerson (Yaroslav Yanushevich), Dnepropetrovsk (Valentina Reznichenko), Zaporoje (Aleksandr Starux) va Sumi (Dmitriy Jivitskiy) viloyati rahbarlari lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Prezident devoni boshliq o‘rinbosari Kirill Timoshenko, Mudofaa vazirining o‘rinbosari Vyacheslav Shapovalov, Bosh prokuror o‘rinbosari Aleksey Simonenko, ijtimoiy siyosat vaziri o‘rinbosari Vitaliy Muzichenko hamda vazir o‘rinbosarlari o‘z postlari topshirgan.