Ular - hunarmand, tadbirkor, lider

2007 yil BMT bosh assambleyasi 15 oktyabrni “Xalqaro qishloq ayollari” kuni deb e’lon qildi. Bu sana qishloq ayollarining oila va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini e’tirof etib, ularning mehnati va jasoratini qadrlash ramzidir.

Bugungi kunda bu sana butun dunyoda qishloq ayollariga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilik sifatida keng inshonlanmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda 9 millionga yaqin xotin-qizlar qishloq hududlaridagi mahallalarda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati qishloq xo‘jaligining turli sohalarida, tadbirkorlik, hunarmandchilik, tomorqadan samarali foydalanish yo‘nalishlarida samarali mehnat qilmoqda.
Viloyatimizda ham bu yil ushbu sana munosabati bilan qishloq hududlaridagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Fermer xo‘jaliklari, korxonalarda mehnat qilayotgan ayollarni rag‘batlantirish bilan bir qatorda nogironligi bor, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar holidan xabar olinmoqda.
20 oktyabrga qadar “Doim e’tibordasiz!” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nuroniy onaxonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Ular o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.