Urgutda 4 milliard so‘mga baholangan tikuv sexi auksionga chiqarildi
Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudining 2024 yil 20 apreldagi "S.N.S.SH" mas’uliyati cheklangan jamiyati va "A-SH" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan da’vogar ATB "Biznesni rivojlantirish banki" Samarqand hududiy boshqarmasi foydasiga jami 2137877,9 AQSh dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qo‘shimcha javobgar B.O.ga tegishli, Urgut tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan tikuvchilik sexi va savdo shoxobchasi (yerdan doimiy foydalanish huquqi bilan) xatlanib, taraflar o‘rtasida 4 milliard so‘mga baholangan holda sotish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida chiqarildi.
Ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Firdavs XALILOV,
Byuroning alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shu’basi inspektori.