Urgutda olib qochilgan “Nexia” shu kunning o‘zida topildi

Kecha, 10 sentyabr kuni soat 11:00larda ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga jizzaxlik J.P.ga tegishli bo‘lgan “Nexia” avtomashinasini noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Urgut tumani “Quyiguzar” mahallasi hududidan haydab qochganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, shu kunning o‘zida Urgut tumani “Mergancha” mahallasi hududida ushbu avtomashinani 24 yoshli M.U. boshqarib ketayotganida jinoyat qidiruv xodimlari va profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.