Ustozlar kuni: Kasb haqida qiziqarli faktlar

Zamonaviy dunyo haqiqatlari tez o‘zgarmoqda, biroq, "o‘qituvchi" tushunchasining mohiyati hech qachon o‘zgarmaydi. O‘qituvchilik eng murakkab, qiziqarli va qadimiy kasblardan biri, o‘qituvchi esa tajribali maslahatchi, yordamchi, katta do‘st va katta mas’uliyatli kishidir. Bugungi statistika, madaniyat va tarixdan misollar keltirilgan maqola o‘qituvchilar haqiqatan ham qahramonlar ekanligi haqida fikr yuritishga yordam beradi.

Kasbning ahamiyati

Global so‘rovlar jamiyat farovonligini belgilovchi kasblar reytingida o‘qituvchilar harbiylar va shifokorlardan keyin ikkinchi o‘rinda turishini ko‘rsatdi. Bu reytingni yanada yuqoriga ko‘tarsa arziydi, chunki har bir bolaning buguni va kelajagi o‘qituvchilarga bog‘liq.

Tadqiqotchilar o‘qituvchi kasbi xuddi aviadispetcher, uchuvchi yoki o‘t o‘chiruvchilardek talabchan kasb bo‘la olishi, o‘qituvchilarning stress darajasi ham keltirilgan kasb egalari bilan taxminan bir xil ekanligini qayd etishdi.

Madaniyat

O‘qituvchi kasbi haqiqatan ham eng qadimiy kasblardan biridir. Dastlabki maktablar miloddan avvalgi IV asrda Assiriya, Bobil va Xitoyda paydo bo‘lgan.

 Siyosatchilar orasida ham pedagoglar ko‘p. Misol uchun, Lindon Jonson AQSh prezidenti bo‘lishidan oldin o‘qituvchilik qilgan. U 20 yoshida  uchta maktabda dars bergan.

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ta’lim juda individuallashtirilgan va o‘qituvchilar "baholar maxfiyligini" saqlaydi. Maktablarda o‘qituvchi shunchaki indamay o‘quvchilarni chaqirib, baholarini ko‘rsatishadi, ota-onalar esa har olti oyda bir marta davomat tebeli bilan tanshitiriladi.

Chexiyada “matematika”, “fizika” yoki “jismoniy tarbiya” o‘qituvchilari yo‘q, u yerda o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlardan dars berishi kerak.
Statistika

Milliy ta’lim assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ofis xodimlarining ish haftasi 40 soat bo‘lgan bir paytda, o‘qituvchilar haftasiga rejalash, hisobot, sinfdan tashqari ishlar va uy vazifalarini tekshirishga o‘rtacha 53 soatini bag‘ishlaydi.

So‘rovda qatnashgan o‘qituvchilarning 94 foizi o‘z ish faoliyatini yillik “baholanishi”ga umuman qarshi emas. Ularning fikricha, uyushtiriladigan attestatsiya  muntazam ravishda va xolis o‘tkazilishi kerak.

 

Statistikaga ko‘ra, ayollar ustunlik qiladigan kasbning 86 foizida ayollar ishlaydi. Bundan tashqari, boshlang‘ich maktablarda erkaklar ulushi nolga teng. Taqqoslash uchun, Fransiyada o‘rta maktab o‘qituvchilarining 57, Buyuk Britaniya va Gonkongda 53, Germaniyada 46, Yaponiyada 32 foizini ayollar tashkil qiladi.

Ko‘pgina mamlakatlar ishtirok etgan xalqaro tadqiqotga ko‘ra, dunyodagi o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 52 yoshdan iborat.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.