"UzAuto Motors" eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlamoqda
"UzAuto Motors" va uning alyans bo‘yicha hamkori "General Motors" kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv o‘zbek avtomobillarini xorijda sotilishining yangi bosqichlari boshlanayotganini ma’lum qildi.
2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar “Spark”, “Nexia” va “Cobalt” bo‘ladi.
Chevrolet brendidan tashqi bozorlarda foydalanish huquqi "UzAuto Motors" kompaniyasiga avtomobillarning yuqori sifati jahon avtosanoati yetakchilaridan biri - "General Motors" kompaniyasi tomonidan belgilangan standartlarga to‘liq javob berganligi uchun berildi.
Qabul qilingan qaror "UzAuto Motors"ga Chevrolet jahon brendining to‘liq quvvatidan O‘zbekiston Respublikasi ichki bozoridagi kabi eksport bozorlarida ham samarali sotuvni oshirish imkonini yaratadi.
"UzAuto Motors" kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet modellarining Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda distribyusiyasini o‘zi boshqaradi. Dilerlik tarmog‘i mavjud Djeneral Motors Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.
Yagona brend ostida ishlash O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Shu bilan birga, Djeneral Motors Rossiya vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari 2015 yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.
Shuningdek, Ravon avtoulovlarini xarid qilgan mijozlar uchun ham "UzAuto Motors" o‘zining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.
UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet “Spark”, “Nexia” va “Cobalt” avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan o‘zining dilerlik tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.
GM sifatli konsalting va ishlab chiqarishdagi UzAuto Motors faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistondagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasining, jumladan, tashqi bozorlardagi rivojlanish loyihalarini ham amalga oshirishga hissa qo‘shmoqda. “Spark”, “Nexia” va “Cobalt” modellarining xorijda Chevrolet brendi ostida sotuvi boshlanganiligi bundan dalolat beradi.
Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020 yilning o‘rtalariga kelib to‘xtaydi.