Qozog‘istonda ham «Chevrolet Onix» avtomobillari ishlab chiqariladi
- 23.12.2022 10:29
- 95
- Xorij

Kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning Kostanay viloyatida «Chevrolet» avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihaga start berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yiliga 30 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Allur» avtomobil zavodida «Chevrolet Onix» avtomobillari ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 1 noyabrdan boshlab «UzAuto Motors» kompaniyasi O‘zbekistonda «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berishni boshlagan edi. Mazkur avtomobil uchun shu kunning o‘zidayoq 28 mingdan ortiq shartnoma imzolanib, kompaniyaning bir kunlik savdolar tarixida rekord o‘rnatgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shokoladni yaxshi ko‘radigan qo‘shnim...
- Bugun, 09:16
- Mutolaa