UzAuto Motors sheriklar axtaradi

Samarqandda Markaziy Osiyodagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors va Freedom Broker kompaniyalari qanday qilib UzAuto Motors kompaniya­si sherigi bo‘lish, shuningdek, qanday qilib Chevrolet Tracker avtomobilini yutib olish mumkinligi to‘g‘risida Roadshow o‘tkazdi.

UzAuto Motors  kompaniyasi IPO – birjada aksiya­larni ochiq joylashtirish boshlanganligini e’lon qildi.  Xususan, “Toshkent” respublika  fond birjasida jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan 5 foizgacha aksiya tarqatadi.

UzAuto Motors Prezident va hukumatning tegishli farmon va qarorlaridan keyin IPOga chiqadi, bunda mazkur yo‘lni bosib o‘tishi lozim bo‘lgan 23 ta kommersiya banklari va kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib bu ishni amalga oshirmoqda.

- Aksiyalarni ochiq tarqatish va xususiy sektorni mablag‘ sarflashga jalb qilish kompaniyaning strategik  taraqqiyoti uchun muhim qadam bo‘ladi, - deydi  UzAuto Motors  kompaniyasining moliyaviy tahlilchisi Rustam Jahongirov. - Kompaniyaning  IPOga chiqishi fuqarolar uchun respublikaning yirik korxonalaridan birining aksiyadori bo‘lish  va u bilan birga ishlay boshlash uchun katta imkoniyat hisoblanadi. UzAuto Motors avtomobillariga talab ortib bormoqda, kompaniyaning daromadi ko‘paymoqda, demak, aksiyalarning ham bahosi o‘sadi.

Samarqandning potensional investorlariga UzAuto Motorsning hozirgi holati, moliyaviy barqarorlikning  asosiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, kelgusi taraqqiyot strategiyasi  haqida  to‘liq ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, kompaniyaning keyingi besh yildagi daromadining o‘rtacha o‘sishi 28 foizini tashkil qiladi.   Faqat joriy yilning o‘zida korxona 235 ming avtomobil ishlab chiqarib, 166 million dollar sof foyda oldi. Bu yil so‘zsiz, foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda kompaniya O‘zbekiston bozorida avtomobil sotish bo‘yicha 90 foiz ulushga ega va Qozog‘iston bozoridagi ulushi 30 foizdan ko‘p bo‘lib, birinchi o‘rinda.

UzAuto Motors 1993 yildan buyon rivojlanmoqda, daromadi keyingi  12 oyda 2,9  milliard dollarni tashkil qildi. Kompaniyaning egasi davlat hisob­lanadi, ammo yaqinda bu qoida o‘zgaradi va har qanday istagan kishi sherik bo‘lishi mumkin. Bunda qimmatbaho qog‘ozlarni kattagina pulga sotib olish shart emas. Tahlilchilarning dastlabki hisob-kitob­lariga ko‘ra, bir aksiyaning maqsadli qiymati 80 ming so‘m atrofida bo‘ladi. UzAuto Motors aksiya­lari paketini 10 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda sotib olgan fuqarolar avtomatik tarzda Chevrolet Tracker yangi avtomobili o‘yinining ishtirokchisiga aylanadilar.

Roadshow vaqtida IPO UzAuto Motors anderrayteri - Freedom Holding Corp xalqaro xoldingiga kiruvchi Freedom Broker investitsiya kompaniyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Xolding AQSh, MDH davlatlari va Yevropa fond bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishga, Apple, Microsoft, Telsa, Zoom, Alibaba, Twitter kabi dunyo gigantlari qimmatbaho qog‘ozlariga mablag‘ sarflashga imkon beradi.

- Ko‘plab hamyurtlarimiz uchun “fond birjasida daromad topish” tushunchasi qandaydir tushunarsiz, begona, - deydi  Freedom Broker  kompaniyasi bosh direktori Baxtiyor Boboyev. - Ammo xorijda ilgaridan bu bilan daromad qilishyapti. Fond bozorida daromad olishni boshlash uchun yirik mablag‘  sarflash shart emas. Brokerlik hisobi oching va aksiyaning sinov paketini sotib oling, shunda siz bu usulning qanday ishlashini tushunasiz. Shunday ekan, barqaror rivojlanayotgan UzAuto Motors kompaniyasining qimmatbaho qog‘ozlari orqali daromad topishni nega boshlamaslik kerak?

Kompaniya aksiyalarini respublika  birjalarida joylashtirish - UzAuto Motors  strategik taraqqiyotining birinchi bosqichi. Kelgusi yil o‘zbek avtomobil sanoati o‘zining aksiyalarini xorij birjalariga joylashtiradi. Vaholanki, avtomobil ishlab chiqaruvchida bu sohada tajriba mavjud.  2021 yilda kompaniya London fond birjasida o‘zining 300 million dollarlik birinchi xalqaro yevroobligatsiyalarini  joylashtirdi. Shunda takliflar besh barobar oshdi.

Qanday qilib UzAuto Motors kompaniyasi sherigi bo‘lish va pul ishlash mumkinligini batafsil tushuntiradigan Roadshow O‘zbekistonning 9 shahrini qamrab olgan.

Xizmatlar litsenziyalangan.

*Reklama