Viloyat kasaba uyushmasi kengashi barcha jurnalistlarni tanlovga chorlaydi!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatinig 120 yilligi munosabati bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi va tarmoq kasaba uyushmalari “Kasaba uyushmalari faoliyatini yoritgan eng faol jurnalist” viloyat tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga kasaba uyushmalari faoliyatini o‘zida mujassam etgan ijodiy ishlar qabul qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan materiallarda ayni paytda kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, ishchi-xodimlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatni tahliliy yoritish, joylarda olib borilayotgan jamoatchilik nazoratlari ko‘rsatib berilganligi, mazmun-mohiyati va targ‘iboti aks etganiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tanlov ishtirokchilari har bir tarmoq kasaba uyushmasi bo‘yicha alohida uchta o‘rinda aniqlanadi hamda har bir nominatsiya bo‘yicha uchtadan o‘rin ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
– muallifning pasport nusxasi;
– tahririyat tavsiyanomasi;
– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
Tanlovga 2025 yilning 1 yanvar oyidan 2025 yil 1 oktyabrigacha bo‘lgan davrda gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 2025 yilning 5 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi hamda qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan mukofotlanadi.
Taqdim etilgan ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan baholab bo‘lingach, mukofotlanganlarni taqdirlash marosimining sanasi va vaqti ma’lum qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlarini hamda hujjatlarini O‘zbekiston kasaba uyushmalarining Samarqand viloyati kengashiga taqdim etishi lozim.
Manzil: Samarqand shahri, Shohi Zinda ko‘chasi, 249-uy.
Mo‘ljal: Sobiq Samarqand bank kolleji binosi ro‘parasi.
Murojaat uchun telefonlar: 97-406-36-36, 99-779-11-61, 93-347-43-44, 93-330-24-04.
Tashkiliy qo‘mita.