Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan Toshqulov Bektosh Tolliboyevich viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

B.Toshqulov 1985 yilda tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent moliya institutining moliya mutaxassisligini, 2017 yilda Bank-moliya akademiyasini soliq va soliqqa tortish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U shu paytgacha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. B.Toshqulov soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Ishtixon tuman davlat soliq inspeksiyasi byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni tahlil va nazorat qilish shu’basi davlat soliq katta inspektori lavozimidan boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tolliyev Elyor Musurmanovich viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.