Virtual do‘stlardan ogoh bo‘ling!

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda dinning jamiyatdagi o‘rni, inson hayoti, nasli va molini muhofaza qilishdagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

– Keyingi vaqtlarda diniy-ekstremistik tashkilotlar yoshlarning ongu tafakkurini zaharlab, ulardan turli vosita sifatida foylanishga urinmoqda, – deydi Shohi Zinda jome masjidi noib imomi S.Mirzayev. – Chunki, hozirgi kunda internet tarmog‘i yoshlar hayotining asosiy qismiga aylanib qolmoqda. Shu bois, ayrim yoshlar internet tarmoqlaridagi buzg‘unchi va yot g‘oyalar iskanjasiga tushib, mazkur guruhlarga qo‘shilib qolyapti.

Tadbirda din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan ekstremistik guruhlarning jirkanch ishlari aks ettirilgan “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.