Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti tarafdorlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbirda Past Darg‘om tumanida yashovchi “A.O.” boshchiligidagi 8 nafar mahalliy fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda virtual xalqa tuzib, “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda tarqatib, muhokama qilib kelganliklari aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur guruh yetakchisi “A.O.” Internet tarmog‘i orqali “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti g‘oyaviy rahnomalaridan biri 1980 y.t., Qirg‘iziston fuqarosi M.X. bilan aloqa bog‘lab, uning ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib borayotgan bo‘lgan.
O‘tkazilgan tadbir davomida, “virtual xalqa” a’zolarining noqonuniy faoliyatini fosh etuvchi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan. Xalqa a’zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.