"Boko Haram" boshlig‘i o‘ldirildi

"Boko Haram" terroristik guruhining rahbari Abubakar Shekau Nigeriyaning shimoli-sharqida o‘ldirildi. Bu haqda Nigeriya maxsus xizmatlariga ma’lumotiga tayanib OAV xabar bermoqda.

Ular «G‘arbiy Afrika viloyatining islomiy davlati» vakillarining radio aloqasini tutishdi. Ushbu guruh mintaqadagi ta’sir uchun «Boko Haram» bilan kurashadi. Ma’lum qilinishicha, IShID jangchilari bir necha kun davomida Boko Haram guruhi va uning yetakchisini ta’qib qilgan, shundan so‘ng Shekau portlovchi qurilmani ishga solib, o‘z joniga qasd qilgan.

Tahlilchilar nigeriyalik islomchilar yetakchisining o‘limi mintaqadagi vaziyatni keskin o‘zgartirishiga amin. So‘nggi 10 yil ichida 40 mingga yaqin odam «Boko Haram» qurboni bo‘ldi. Guruh qishloq va ta’lim muassasalariga hujumlar, qirg‘in va to‘lov uchun odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan. O‘zlarini "Islomiy davlatning G‘arbiy Afrika qanoti" deb atagan jangchilar aynan Abubakar Shekauning uslublariga qarshi bo‘lib «Boko Haram»dan ajralib chiqqan edi.