Tel-Aviv markazida otishma sodir bo‘ldi, qurbonlar va yaradorlar bor

Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida otishmada kamida 2 kishi halok bo‘lgan, 15 ga yaqin kishi yaralangan, ba’zilarining ahvoli og‘ir.

Hujum Tel-Avivning markaziy qismidagi bar va restoranlar joylashgan Dizengof ko‘chasida bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda sodir etilgan.

Politsiya terakt versiyasini ko‘rib chiqmoqda. Mamlakat bosh vaziri Isroil mudofaa kuchlari shtab-kvartirasiga yetib keldi. Mahalliy matbuot xabar berishicha, bir terrorchi o‘ldirilgan, yana ikki nafari yashiringan. Hujum qilganlarning aniq soni hozircha noma’lum, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, otishmalar to‘xtamagan. Jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasida 1000 nafar askar va politsiyachi ishtirok etmoqda.

Isroilda 22-29 mart kunlari 3 ta terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi. DEASh (IShID) terrorchilik tashkiloti uchta hujumdan ikkitasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.