Yaqin Sharqda keskinlashuv: yangi hujumlar va tahdidlar

👉 Isroil mudofaa kuchlari seshanba tongida Tehron va Bayrutga yangi zarbalar berdi. Isroil harbiylarining ma’lum qilishicha, nishonlar Eron qo‘llab-quvvatlaydigan Hizbulloh guruhiga tegishli qo‘mondonlik markazlari va omborlar bo‘lgan.

👉 Eronning davlat OAVlari xabar berishicha, Eron dronlar va raketalar orqali Bahrayndagi AQSh aviabazasiga hujum qilgan va qo‘mondonlik shtabi binosi vayron qilingan. AQSh bu xabarlarga izoh bermadi.

👉 AQSh davlat kotibi Marko Rubio Eronga qarshi kuchli zarbalar hali oldinda ekanini bildirdi va harbiy rejalar tafsilotini oshkor qilmasligini aytdi.

👉 Eron tomonidan Saudiya Arabistoni Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasiga ikkita dron hujumi uyushtirilgan. Oqibatda binoda kichik yong‘in sodir bo‘lgan.

👉 Fox News’ning xabar berishicha, AQSh Ummon ko‘rfazida Eronning barcha 11 ta yirik harbiy kemasini cho‘ktirdi. Eronda hozirda faqat cheklangan operasiyalarni amalga oshirishga qodir kichik kemalar mavjud.

👉 CENTCOM’ning ma’lum qilishicha, Erondagi operasiya boshlanganidan buyn olti nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan. Avvalroq to‘rt nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.

👉 Tehron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga uringan har qanday kemalarni yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda yuqori lavozimli Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili bayonot bergan.

👉 Bugun tongda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Bahrayndagi AQSh aviabazasiga dron va raketa hujumlari haqida xabar berdi.

👉 Isroil mudofaa kuchlari Eron poytaxti Tehron va Livan poytaxti Bayrutga hujumlar uyushtirgani va Eron havo mudofaasi bo‘linmalarini yo‘q qilganini ma’lum qiladi. YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Tehrondagi Golestan saroyi jiddiy zarar ko‘rgan.