Isroil butun G‘azo sektorini anneksiya qilishi mumkin
- 29.07.2025 15:53
- 42
- Xorij

Bosh vazir Netanyaxu G‘azoni to‘liq qo‘shib olish rejasini tayyorlamoqda.
Haaretz nashrining yozishicha, u hujjatni harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasiga taqdim etadi: HAMASga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi uchun bir necha kun muhlat beriladi, agar ular rad etsa, Isroil Falastin hududlarini bosqichma-bosqich anneksiya qilishni boshlaydi.
Ajablanarlisi, Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati allaqachon bu rejani qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Isroil urushni tugatish variantlari orasida nafaqat anneksiya, balki HAMAS faoliyat yuritayotgan hududlarni to‘liq bosib olish yoki blokada qilish ham borligini aytgan edi.