Xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qidiruvda bo‘lgan fuqaro Sh.N. (1987 yilda tug‘ilgan) qo‘lga olinib, xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan.

Qayd etilishicha, Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari g‘oyalari ta’siriga tushib, internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va ularning ta’sirida 2016 yilda Suriya Arab Respublikasi hududiga o‘tgan. U yerda xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlik qilgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.