Virus blokatorlarini dorixonada sotish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son Qarori  bilan tasdiqlangan, "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra:

➖ Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek, davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, virus blokatori -  gigiyena ashyosi hisoblanib, undagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug‘lardan tozalaydi. Lekin koronavirusdan himoya qilishi haqida ilmiy tasdiqlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri (bila turib yolg‘on) reklama taqiqlanadi.