Xavfli viruslar qancha yashaydi?

Ushbu ma’lumotda gripp, koronavirus (COVID-19), rotaviruslar, qizamiq, qizilcha, OITS, gepatit V, gepatit C kabi virusli kasalliklarning sirt va havoda yashash muddati bilan tanishamiz.

 Gripp

Bu virus xonalardagi 22 daraja issiq haroratda – 2 soatdan 9 soatgacha; Inson qo‘lida - 5 daqiqa, metall va plastmassa yuzalarda 24 soatdan 48 soatgacha yashaydi;

Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz;

60 daraja issiqqacha qizdirilganda halok bo‘ladi.

 COVID-19

Narsa, buyumlar yuzasida - 22 daraja iliq havo va 40 foiz namlikda  - bir necha soatdan besh kungacha;

Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz;

Virus 56 darajagacha qizdirilganda 15 daqiqa ichida halok bo‘ladi.

OITS

Havoda - bir necha daqiqa;

Ishlatilgan shpritslarda, 22 darajadan 37 gacha bo‘lgan haroratda - 7 kungacha;

Dezinfeksiya vositalariga chidamsiz;

56 darajagacha qizdirilganda 30 daqiqa faol, qaynatilganda 1 daqiqadan so‘ng halok bo‘ladi.

OIV infeksiyasini davolab bo‘lmaydi, ammo o‘z vaqtida va sifatli davolanish bilan bemorning umrini 70-80 yilgacha uzaytirish mumkin.

Rotaviruslar

Ротовирус или ротавирус – как правильно? | Образование | Общество |  Аргументы и Факты

Vodoprovod suvida - ikki oygacha;

Atrof-muhit yuzalarida - 45 kungacha.

Meva va sabzavotlar sirtida - besh kundan o‘ttiz kungacha.

Dezinfeksiya vositalariga chidamli, 50 darajagacha bo‘lgan issiqlikka bardosh bera oladi va hatto xlorlangan suvda o‘lmaydi.

Gepatit B

Xona haroratidagi qonda - uch oygacha;

Quritilgan plazmada - 25 yilgacha;

Oddiy dezinfeksiya vositalariga 80 foizgacha chidamli;

30 daqiqagacha qaynatishga, 1 soat davomida160 daraja issiqlikka bardosh bera oladi.

Gepatit C

6-20 daraja iliq haroratda qonda - 1,5 oygacha;

Qaynatilganda - 3-5 daqiqa, 60 darajaga qadar qizdirilganda - 15-30 daqiqa;

Virus uzoq vaqt davomida qon bilan aloqa qiladigan narsalar, masalan, ustara, qaychi, tirnoq kesgichlar va tibbiy asboblarda yashaydi.

Suvchechak

Inson tanasidan tashqarida - 10 daqiqagacha;

Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz;

Ultrabinafsha nurlari, kunduzgi yorug‘lik va toza havo ta’sirida halok bo‘ladi.

Qizamiq

Muhitdagi sirtlar va havodagi-15 va undan past haroratlarda - bir necha hafta davomida;

Xona haroratida - bir necha soat;

Virus ultrabinafsha nurlari va kunduzgi yorug‘lik ta’sirida nobud bo‘ladi.

Qizilcha

Туғма қизилча сабаблари ва даволаш сирлари » Ўзбек исмлар маъноси, чиройлик  исмлар тўплами маънолари

Xona haroratida havoda - bir necha soat davomida;

Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz;

Ultrabinafsha nurlari ta’siri varN (eritmadagi vodorod ionlarining faolligi o‘lchovini tavsiflovchi va uning kislotaligini miqdoriy ko‘rsatadigan qiymat)ning ishqoriy va kislotali tomonlarga o‘zgarishi natijasida halok bo‘ladi.

 Internet materiallari asosida

B.Muhammadiyeva tayyorladi.