Koronavirus pandemiyasidan 20 baravar xavfli "X kasalligi" muhokamada
17 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida nazariy jihatdan koronavirus pandemiyasidan 20 baravar xavfli bo‘lgan “X kasalligi” muhokama qilinadi.
Unda JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus, Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Nizia Trinidadi va Astrazeneca farmatsevtika kompaniyasi boshqaruvi raisi Mishel Desmarais ishtirok etadi.
Ammo bir qator olimlarga ko‘ra, "X" kasalligi haqida ovozali bayonotlar ilmiy emas, balki iqtisodiy sabablarga ega bo‘lishi mumkin". Ta’kidlanishicha, bo‘lajak muhokamalar “yangi pandemiya xavfini baholash va ularga tayyorgarlik ko‘rish choralari bilan bevosita shug‘ullanuvchi jahon ekspertlari va epidemiolog olimlar” ishtirokini o‘z ichiga olmaydi.
Ayrim nashrlarga ko‘ra, sessiya muloqotida sarmoya ko‘paytirish urg‘u beriladi. Bu ayniqsa, pandemiyaga tayyorlik borasida o‘z istiqbolli yondashuvlarini namoyish qilayotgan yirik farmatsevtika kompaniyalari uchun foydali va shu sababli ular bu masalani Jahon iqtisodiy forumida muhokama qilmoqda.
"X kasalligi" atamasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2018 yilda qabul qilingan. Bu xalqaro epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan nazariy noma’lum patogen belgisidir.