Koronavirus: Xitoyda yana karantin
- 25.11.2022 10:00
- 185
- Xorij

Millionlab xitoyliklar pandemiyaga qarshi kurashish uchun yana uzoq muddatli jamoaviy karantinni boshdan kechirmoqda. Pekinda himoya kostyumli ishchilar COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan ba’zi hududlarda metall to‘siqlar o‘rnatishdi.
Odamlar tibbiy yordam olish uchungina tashqariga chiqishi mumkin. Ammo bunda ham ular sog‘lig‘i holati aks etgan skanerlangan QR-kodlarini ko‘rsatishlari shart.
Kecha sanoat shahri - Chjenchjouning 6,6 million aholisiga COVID-19 to‘lqini pasayguncha 5 kun uyda qolish buyurildi. Odamlar asabi tarang: yopilgan iPhone zavodida ishchilar to‘lanmagan maosh va mukofot pullarini talab qilmoqda. Noroziliklar kuchayib, huquq-tartibot idoralari vakillari bilan to‘qnashuvga aylangan.
Xitoy hukumatining koronavirusga nisbatan «nol-bardoshlik» siyosati kasallik ko‘payishi oldini olmadi. Kecha pandemiya boshlangandan beri rekord ko‘rsatkich - 31,444 ta yangi holat qayd etildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- Kecha, 17:07
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- Kecha, 15:14
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- Kecha, 14:46
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- Kecha, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- 11/07, 19:39
- Jamiyat