Rossiyada birinchi marta omikronning yanada yuqumli varianti – kraken aniqlandi
- 12.01.2023 14:57
- 210
- COVID-19
Penza viloyatida "kraken" deb nomlangan XBB.1.5 omikron shtammining subvariantiga chalingan kasallikning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilgan.
Birinchi holat SARS-CoV-2 genomlari ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar monitoringi doirasida qayd etilgan, deydi manba.
Kraken koronavirusining yangi subvarianti juda yuqumli, ammo kasallikning kechishi yengil deb baholanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) XBB.1.5 subvarianti kovid kasalligining ko‘payishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi. "O‘zining genetik xususiyatlari va o‘sish sur’atlari bahosiga asoslanib, XBB.1.5 kasallanish oshishiga hissa qo‘shishi mumkin", dedi yanvar oyi boshida asosan Qo‘shma Shtatlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib JSST.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
- 2 soat avval
- Samarqand
Behbudiy nega Hajga otlangan edi?
- Kecha, 17:39
- Mutolaa