Bir oyda Xitoyning 20 nafar yetakchi olim-muhandislari vafot etdi
Xitoyning yetakchi muhandislari va olimlari mamlakatda COVIDga qarshi cheklovlar olib tashlanganidan beri misli ko‘rilmagan tezlikda hayotdan ko‘z yumdi. Akademiyaning 20 a’zosi bir oydan kamroq vaqt ichida vafot etdi, bu bir yildagi o‘rtacha o‘limdan ko‘proq. Buni South China Morning Post nashri ma’lum qilmoqda.
2022 yil dekabr oyi boshidan Xitoy hukumati uch yil davomida dunyodagi eng qattiqqo‘l bo‘lgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash choralarini bosqichma-bosqich yumshata boshladi. 8 yanvardan boshlab Xitoyga kelganlar uchun majburiy PSR-test va markazlashtirilgan izolyasiya bekor qilindi. Shu bilan birga, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanishning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Shaharlardagi kasalxonalar bemorlar bilan to‘lgan.
Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish markazining sobiq bosh olimi Seng Guang 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn konferensiyada ko‘pchilik keksa olim va muhandislar yashaydigan Pekin aholisining 80 foizdan ortig‘i koronavirus bilan kasallanganligini aytgan edi.
Xitoy muhandislik akademiyasi yetakchi ilmiy muassasalardan biri va mamlakatdagi eng nufuzli muhandislik tashkiloti bo‘lib, uning 900 dan ortiq a’zolari mamlakatning deyarli barcha mega-loyihalarini, jumladan, dunyodagi eng yirik loyihalar konsepsiyasi, dizayni va qurilishida, gidroelektr to‘g‘oni, tezyurar temir yo‘llar tarmog‘i va «Tyangun» kosmik stansiyasi qurilishida hissa qo‘shgan.
Akademiya avvalroq uning 20 a’zosi 15 dekabrdan 4 yanvargacha vafot etgani haqida xabar bergan edi.
Vafot etgan akademiyaning eng yosh a’zosi atom soatlari ixtisosligi bo‘yicha 77 yoshli fizik Ti Tyanchu bo‘lsa, eng keksasi 1950 yilda Xitoyning birinchi bolalar xirurgiyasi bo‘limiga asos solgan 102 yoshli Chjan Szinchje bo‘ldi.
Yaqinda vafot etganlar orasida Xitoyning tez yadroviy reaktorlar dasturi bosh muhandisi, Xitoyning birinchi optik tolasini ishlab chiqaruvchisi, noyob tuproq sanoati asoschisi va Xitoyning lazer qurollari bo‘yicha fan-texnika oliy milliy mukofoti sovrindori Chjao Yinjun ham bor.
Muhandislik akademiyasi a’zolarining aniq tashxisini keltirilmagan.