Blokator niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi

OKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq dolzarb savollarga javob qaytarildi.

➖ Blokator beyjilarning ichida oddiy kukun borligi to‘g‘risida videoroliklar tarqaldi. Bu borada kerakli tashkilotlar surishtiruv ishlarini olib borishdimi, shuningdek, chetdan keladigan blokatorlarning ichidagi tarkibi tekshirib boriladimi?

➖ Beyjik ichidaga kartrejga joylashtirilgan faol modda - xlor dioksidini saqlaydi.

Ammo bu modda kishida allergiya, toshmalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mazkur blokatorlarning koronavirusdan himoya qilishi isbotlovchi ma’lumotlar mavjud adabiyotlarda yo‘q. Blokator taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi. Chetdan kirib kelgan har bir mahsulot albatta, tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng ishlatishga ruxsat beriladi.