Navro‘z tadbirlarida IIB xodimlari kishilarning tibbiy niqobda bo‘lishi va ijtimoiy masofani saqlashi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlanadigan kunlarda jamoat tartibini saqlash, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi va aniq vazifalar belgilandi.
Unga ko‘ra, bayram tadbirlarida aholini ko‘p to‘plamaslik, keluvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi hamda ijtimoiy masofani saqlashi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Shuningdek yo‘l-patrul, post-patrul xizmati xodimlari hamda profilaktika inspektorlari aholi gavjum maskanlarda fuqarolarning karantin talablariga amal qilishga chorlovchi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi.
Muhokama davomida tibbiy niqob taqmay yurgan fuqarolarni qattiq ogohlantirish, ularni o‘zi va o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqirish lozimligi ta’kidlandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.