Bitta niqobdan qayta foydalanish zarar
- 24.12.2020 11:20
- 116
- COVID-19
Niqob yuz atrofidagi havo oqimiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa odamni zarralardan ko‘proq nafas olishga majbur qiladi. Shu bois ishlatilgan niqob mayda tomchilarni samarali filtrlay olmaydi.
Ba’zilar yo‘qdan ko‘ra, har qanday niqob yaxshi, deb hisoblashadi. Ammo ishlatilgan himoya vositalari 2,5 mikrometrdan kichik zarralarga qarshi kurasha olmaydi.
Mutaxassislarning xulosasi uch qavatli jarrohlik niqobini taqqan odamning kompyuter modeliga asoslangan. Stimulyasiya natijasida havodagi mayda tomchilar yuz, yuqori nafas yo‘llari, tomoq yoki o‘pkaga qanday tushganligini ko‘rsatib berdi.
Aniqlanishicha, ishlatilgan niqob havo oqimi tezligini sezilarli darajada pasaytirib, uning samaradorligini kamaytiradi.
Bu haqda «Physics of Fluids» jurnalidagi maqolada aytilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 3 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand