Belgiyaliklarga zaharli niqoblar tarqatilgan bo‘lishi mumkin

Belgiya hukumati tasodifan zaharli moddalar bo‘lgan niqoblarni tarqatdi. Bu haqda Belgiya sog‘liqni saqlash ilmiy-tadqiqot institutining maxfiy hisobotiga tayanib, The Brussels Times xabar bermoqda.

Yevropa mamlakati hukumati, umuman olganda, 15 millionta matoli niqobni bepul tarqatdi. Ularning barchasi Osiyoda Leksemburgning Avrox kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Xabarda aytilishicha, ular tarkibida nafas yo‘llariga zarar yetkazuvchi kumush va dioksid titani mikroskopik zarralari bo‘lishi mumkin.

Olimlar ushbu niqoblardan foydalanish, ayniqsa, surunkali nafas yo‘llari kasalliklari (pnevmoniya)ga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirishdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida xabar tarqalgach, mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri maskalar xavfi hali isbotlanmaganligini, biroq ehtiyotkorlik yuzasidan ilgari chiqarilgan niqoblardan foydalanish va tarqatishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirdi.