Belgiya salmonella tarqalishi sababli Kinder zavodini yopdi
- 09.04.2022 14:06
- 62
- Xorij
Belgiya hukumati Arlon shahridagi Kinder shokolad fabrikasini yopishni buyurdi. Aynan fabrika bir qator Yevropa davlatlari va AQShda salmonella infeksiyasi avj olishida sababchi, deb gumon qilinmoqda.
«Rospotrebnadzor» shuningdek, Kinder shokolad mahsulotlarini chaqirib olishga qaror qildi.
Qaror, janjalning o‘zi kabi, Kinder shokolad mahsulotlari talab yuqori bo‘lgan Pasxa bayrami mavsumining yuqori cho‘qqisida Italiya qandolatchilik giganti Ferreroga zarba bo‘ldi.
Bu orada shokolad ishlab chiqaruvchi Kinder uzrini bildirdi. Italiya kompaniyasi "ichki nosozliklar bo‘lganini" tan oldi va salmonella tarqalishi hamda mahsulot ommaviy qaytarilgani uchun chuqur afsusdaligi va chin dildan uzrini aytdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand