Shifokor odam nega shokoladga bunchalik o‘chligi sabablarini aytdi

Allergolog-immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Anatoliy Bala insonning shokoladga bo‘lgan ishtiyoqi sabablarini keltirdi. Uning so‘zlari "Komsomolskaya Pravda" gazetasida yoritildi.

Birinchidan, Balning so‘zlariga ko‘ra, shokolad iste’mol qilish istagi tanadagi antidepressant vazifasini bajaradigan ba’zi moddalar yetishmovchiligidan dalolat. Shuningdek, «Odam miya faoliyatini kuchaytirish uchun beixtiyor ravishda shokolad yeyishni istashi mumkin. Chunki mahsulot kofeinga boy», deb ta’kidladi shifokor.

Mutaxassis shokolad iste’mol qilishga bo‘lgan kuchli istakning yana bir sababi, oziqlanish odati bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shokoladga bog‘langanlik, inson xuddi choy va kofeni muntazam iste’mol qilayotganda his qilayotgan lazzat, ko‘nikma bilan taqqoslanadi.

Avvalroq, Moskva Sog‘liqni saqlash departamentining mutaxassisi Antonina Starodubova shokoladning iste’mol uchun foydali miqdorini aytib o‘tdi. U kundalik ratsionga 15-25 gramm taxir va qora shokoladni qo‘shishni tavsiya qildi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.