Shokoladxo‘rlar uzoq umr ko‘rishadi

Muntazam shokolad iste’mol qiladiganlarda yurak kasalliklariga moyillik 37 foizga kamayar ekan.

Miyadagi serotonin moddasini ko‘paytirgani uchun shokolad kayfiyatni yaxshilaydi.

Shokolad ochlik hissini bartaraf qiladi. Buning uchun 10 gramm qora shokolad yeyishning o‘zi kifoya.

Shokoladxo‘rlar uzoq umr ko‘rishadi. Bu ma’lumot 60 yil davom etgan tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Doimiy ravishda shokoladni me’yorida yeyish insonning umrini bir yilga uzaytirar ekan.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, shokolad odamning fikrlash qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Farzandingiz matematik misollarni bajarishga qiynalsa, uni shokolad bilan siylashni tavsiya etamiz.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qaysi mamlakatning aholisi shokoladni muntazam iste’mol qilsa, o‘sha yerda Nobel mukofoti lauretlari ko‘p bo‘lar ekan.