Kattaqo‘rg‘on tumanida shokolad sexi ish boshladi

Qandolat invest” MChJga qarashli shokolad va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kattaqo‘rg‘on haqiqati” xabar bermoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi A.Bahromov keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyat berilgani, yurtimizga ko‘plab investitsiyalar kiritilayotgani natijasida iqtisodiyotimizdagi o‘sish va o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Darhaqiqat, korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan 5 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 320 tonna bo‘lgan korxonada 30 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, ushbu korxona tomonidan keyingi oydan boshlab qiymati 2 mlrd. so‘mlik “Zanglamas metalldan konditerlik stollari ishlab chiqarish” va “Iste’mol tovarlarini pishirish pechlari ishlab chiqarish” loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Buning natijasida yiliga 3200 dona stollar va 2240 dona pishirish pechlari ishlab chiqariladi hamda 10 dan ortiq yangi doimiy ishchi o‘rinlar yaratiladi.