Koronavirus sababli Belgiyada komendant soati joriy etiladi

Belgiya hukumati mamlakatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish soni ko‘payganligi sababli koronavirusga qarshi kurashish chora tadbirlarini kuchaytiradi. Bu haqda Argumenti.ru nashri ma’lum qildi. 

Xususan, mamlakatda 19 oktyabrdan boshlab, soat 00.00 dan 05.00 ga qadar komendant soati joriy etiladi. Ushbu vaqt davomida aholiga zaruratsiz uydan ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, restoran va barlar faoliyati to‘xtatiladi, faqatgina yetkazib berish xizmati orqali faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.