Dorixonalarda sotilayotgan qimmat virus blokatorlar koronavirusdan ximoyalaydimi?
➖ Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beydj — sotib olishga arziydimi?
Bu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov javob berdi.
➖ Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari ham uni ishlab chiqarishmoqda. Kashfiyotchilarning ta’kidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga va bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.
Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatdan inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida “A” gripp virusi faolligini pasaytiradi. Buning uchun uni sepish kerak, plastik yoki qog‘ozga kiritish emas. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan. Ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 %ga himoyalashini aytishmoqda.