Dorixonalarda videokuzatuv kameralari bo‘lishi shart

Qonunchilikka ko‘ra, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida videoyozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi va talabning muntazam 1 yil davomida bir martadan ko‘p buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi, deyiladi Huquqiy axborot ma’lumotida.