Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 102-sessiyasi boshlandi
Sessiya kun tartibiga 10 ga yaqin masala kiritilgan.
Jumladan:
- «O‘zbekiston – 2030» harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari O.Hamroyevning hisoboti;
- Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining 2024 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan boshqarma boshlig‘i S.Jabborovning hisoboti;
- viloyatda 2024 yilning birinchi yarim yilida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti;
- viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning viloyat hokimining 2024 yil 24 iyuldagi «Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi 214-7-0-Q/24-sonli qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti hamda boshqa bir qator masalalar kiritilgan.