Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ikkinchi sessiyasi 28 noyabr kuni o‘tkaziladi

Bu xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 25 noyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida belgilandi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining ikkinchi sessiyasi 2024 yil 28 noyabr kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida;

- viloyat hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.